76 mingga yaqin muxlis Barselona bilan chempionlikni nishonlash uchun ko'chalarga chiqishdi

Alisher
16 may 2023
Barselona shahar gvardiyasi ma'lumotlariga ko'ra, Barselona chempionlik paradiga balkonlardan kuzatganlarni hisobga olmaganda, 76 mingga yaqin odam tashrif buyurgan.

Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Chempionlik paradidan bir yo'lla ikkita Barselona jamoasi o'tdi. Xavi shogirdlaridan tashqari, Kataloniya klubigining ayollar jamoasini ham chempionligini nishonlangan.

Eslatib o'tamiz, Barselona La Liga yakuniga to'rt tur qolganida chempionlikni qo'lga kiritdi.


AlisherMuallif
Manba: championat.com