5 ta o'yinda 5 ta gol urgan Di Mariya: "Yuventus" Yevropa ligasi va Italiya kubogini yutmoqchi"

Aziz Tukhtamuradov
10 mar 2023, 10:08
"Yuventus" futbolchisi Anxel di Mariya "Frayburg"ga qarshi o'yindan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirdi.

U mazkur o'yinda jamoasining yagona goliga mualliflik qildi. 

"O'yindan oldin kichik og'riqlar bor edi, ammo bu ko'plab o'yinlardan keyin bo'ladigan oddiy charchoq edi. Bugungi bahsda qattiq mehnat qilish va g'alaba qozonish muhim bo'ldi. Jamoamga yordam bera olganimdan xursandman va buni davom ettirishga umid qilaman. 

Yevropa ligasi va Italiya kubogini qo'lga kiritish uchun barcha ishni qilamiz. Biz har ikki musobaqada g'olib chiqishga harakat qilamiz", - dedi Di Mariya. 

Ma'lumot uchun, Anxel Di Mariya so'nggi 5 ta o'yinda 5 ta gol urdi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia