39 yoshli Mirante "Milan" bilan shartnomani uzaytirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
3 iyun 2023
"Milan" darvozaboni Antonio Mirante jamoada qolishi mumkin, deya xabar berdi jurnalist Nikolo Skira.

Manbaning xabar berishicha, 39 yoshli italiyalik futbolchi bilan shartnomasini 2024 yilgacha uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Mirante "Milan"da 2021 yilning oktyabridan buyon to'p tepadi. Bu vaqt ichida u jamoa safida birorta ham o'yin o'tkazmadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira