

Bundan tashqari, "Sevilya"da o'ynayotgan Navas yil so'nggida klubdagi faoliyatiga ham yakus yasaydi.
"Men futbolda va terma jamoada qilgan ishlarimdan hayratdaman. Bu erda 38 yoshda bo'lish noyob va aql bovar qilmas narsa", – dedi Navas.
Eslatib o'tamiz, Navas ilk bor terma jamoaga 2008 yilda jalb etilgan. U Ispaniya bilan jahon, Yevropa chempioni bo'lgan va Millatlar ligasida zafar quchgan.



