37 yoshli Pandev yana bir mavsumni "Jenoa"da o'tkazadi

Alisher
24 iyul 2021
Hujumchi Goran Pandev faoliyatini davom ettirishga qaror qildi.

U "Jenoa" bilan yangi shartnoma imzolashga rozi bo'ldi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio xabar bermoqda.

Pandev o'tgan mavsum A Seriya diorasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, makedoniyalik futbolchi Evro-2020dan so'ng terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com