

"Gerta" futbolchisi hisoblangan Xosogai so'nggi mavsumni "Bursaspor"da o'tkazdi. 30 yoshli yaponiyalik bungacha Bundesliganing "Bayer" va "Augsburg" kabi jamoalarida o'ynashga ulgurgan.
"Shtutgart" o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Germaniya chempionatining ikkinchi divizioniga tushib ketdi.
Xajime Xosogai Yaponiya terma jamoasida 30 ta uchrashuvda, 1 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.



