

Yakshanba kuni "Molde" jamoasi bosh murabbiy Erling Moeni iste'foga chiqargan edi. Bunga jamoa Norvegiya chempionatining yakuniga etgan mavsumini 5-o'rinda tugatgani sabab bo'lgan edi.
Klub Sulsherga jamoani boshqarish uchun taklif bilan chiqdi, ammo 51 yoshli mutaxassis sobiq jamoasiga qaytishni istamadi. Ole "Molde"ni 2011-2014 hamda 2015-2018 yillarda boshqargan.
Eslatib o'tamiz, Sulsher 2021 yilning noyabr oyida "Manchester Yunayted" boshqaruvidan iste'foga chiqarilganidan beri ishsiz yuribdi.




