2026 yilgi JCH va 2027 yilgi OK musobaqalari 2-qo'shma saralash bosqichiga qur'a tashlandi. O'zbekiston Eron va Turkmaniston bilan to'qnash keladi

Sherzod Nurmatov
27 iyul 2023
2026 yilgi Jahon chempionati hamda 2027 yilgi Osiyo Kubogi musobaqalarining 2-qo'shma saralash bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Marosim Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida o'tkazildi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati va Osiyo Kubogi saralashidagi ishtirokini aynan shu bosqichdan boshlaydi.

SAHIFANI YANGILASH

"A" guruhi

1. Qatar

2. Hindiston 

3. Kuvayt 

4. Afg'oniston/Mongoliya


"B" guruhi 

1. Yaponiya

2. Suriya

3. KXDR

4. Myanma/Makao


"C" guruhi

1. Koreya Respublikasi

2. Xitoy

3. Tailand

4. Singapur/Guam


"D" guruhi

1. O'mon

2. Qirg'iz Respublikasi

3. Malayziya

4. Xitoy Taypey/Sharqiy Timor


"E" guruhi

1. Eron

2. O'zbekiston

3. Turkmaniston

4. Gonkong/Butan


"F" guruhi

1. Iroq

2. Vetnam 

3. Filippin

4. Indoneziya/Bruney


"G" guruhi

1. Saudiya Arabistoni

2. Iordaniya

3. Tojikiston

4. Kamboja/Pokiston


"H" guruhi

1. BAA

2. Bahrayn

3. Yaman/Shri-Lanka

4. Nepal/Laos


"I" guruhi

1. Avstraliya

2. Falastin

3. Livan

4. Maldiv orollari/Bangladesh


Ikkinchi bosqich bahslari taqvimi:

1-tur. 2023 yil 16 noyabr

2-tur. 2023 yil 21 noyabr

3-tur. 2024 yil 21 mart

4-tur 2024 yil 26 mart

5-tur 2024 yil 6 iyun

6-tur. 2024 yil 11 iyun


Ikkinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgan 18 ta jamoa 6 tadan 3 ta guruhga bo'linadi. Har bir guruhda 1- va 2-o'rinni olgan jamoalar (6 ta terma jamoa) to'g'ridan-to'g'ri Jahon chempionatiga yo'llanma oladi. Guruhlarda 3- va 4‑o'rin egalari (6 ta terma jamoa) keyingi bosqichga yo'l oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia