2024/2025 yilgi mavsumning eng serdaromad 20 ta futbol klubi e'lon qilindi

Sherzod Nurmatov
23 yanv 2026
Yaqinda UEFA 2024/2025 yilgi mavsum bo'yicha moliyaviy hisobotni taqdim etdi.

Unda klublar evrokuboklar kampaniyasi davomida qancha mukofot puli ishlab topgani ko'rsatilgan. Endi esa barcha manbalarni inobatga olgan holda umumiy daromadlarni hisoblash imkoni paydo bo'ldi.

"Auditorlik katta to'rtligi"ga kiruvchi kompaniyalardan biri - Deloitte o'zining Football Money League 2026 hisobotini e'lon qildi. Unda 2024/2025 yilgi mavsumda eng katta daromadga ega bo'lgan 20 ta futbol klubi ro'yxati keltirilgan.

Faqat bitta klub 1 mlrd evrodan oshiq daromadga erishdi - bu Madridning "Real" klubi bo'lib, u reytingda 1-o'rinni egalladi. Shu bilan birga, yigirmatalikda eng ko'p vakilga ega liga - APL: ro'yxatdan 9 ta klub joy olgan.

"Manchester Yunayted" esa Chempionlar Ligasida ishtirok etmaganiga qaramay, juda yuqori o'rinni saqlab qoldi va 800 mln evro chegarasiga juda yaqin keldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/ChrisWheatley