2022 yilgi jahon chempionatiga yo'l olgan terma jamoaga qancha pul mukofoti berilishi ma'lum

Eldor Akmurzayev
8 dek 2020
Agar Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi 2022 yil Qatarda o'tadigan mundialda qatnashish huquqini qo'lga kiritsa, 12 mln dollar mukofot puliga ega bo'ladi, deya xabar beradi "klix.ba".

Biroq, bu summa jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadigan boshqa ishtirokchilarga ham tegishli, chunki, FIFA final bosqichiga chiqqan jamoalarga 10 mln dollar ajratadi va musobaqaga tayyorgarlik uchun 2 mln dollar o'tkazib berishi ko'zda tutilgan.

Umuman, Qatarda o'tadigan musobaqaning mukofot jamg'armasi 700 mln dollarni tashkil etadi va jahon chempioni 50 mln dollarni qo'lga kiritadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: klix.ba