2021 yil xorijda o'ynagan braziliyalik eng yaxshi futbolchi aniqlandi

Eldor Akmurzayev
2 fev 2022
PSJ forvardi Neymar “Samba Gold” mukofoti sohibiga aylandi.

U 2021 yil xorijda o'ynagan eng yaxshi braziliyalik futbolchiga aylandi.

Avvalroq, ushbu mukofot faqat Yevropada o'ynaydigan o'yinchilarga topshirilardi, ammo bu yildan boshlab uning formati o'zgardi.

Shunday qilib, Neymar 5-marotaba “Samba Gold” sohibiga aylandi. U 2014, 2015, 2017 va 2020 yillarda ham ushbu nomga loyiq ko'rilgan.

29 yoshli hujumchi o'tgan yil 46 o'yinda qatnashib, 17+17 natijaga erishdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru