2020 yilgi kumush medallarini qabul qilib olmagan "Nasaf" yangi mavsumga qachon tayyorgarlikni boshlashini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2021
"Ajdarlar" 7 yanvar kuni Qarshidagi qarorgohida yig'iladi va yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishni boshlaydi.

Jamoaning yangi mavsumga rejalari va tarkibdagi o'zgarishlar haqidagi xabarlarni ham aynan jamoa yig'ilganidan so'ng e'lon qilamiz", - deb yozadi klub matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, "Nasaf" 2020 yilgi Superligada ikkinchi o'rinni oldi va kumush medallariga ega chiqdi. Biroq hozirgacha jamoa a'zolariga kumush medallar taqdim etilmadi. Bundan tashqari klubning murabbiy va futbolchilardan kattagina summa qarzi bor.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia