2020 yil Google'da eng ko'p izlangan futbolchilar uchligi ma'lum

Eldor Akmurzayev
5 yanv 2021
SEMrush e'lon qilgan ma'lumotga ko'ra, PSJ forvardi Neymar 2020 yil Google'da eng ko'p izlangan futbolchiga aylandi.

Uni har oyda o'rtacha 482,636 bora izlashgan.

2-o'rinda “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu (325.909 marta) turibdi. Kuchli uchlikka esa “Barselona” sardori Lionel Messi (118.545) yakun yasadi.

Qayd etish joiz, Neymar 2019 yilda ham Google'dagi so'rovlar bo'yicha yetakchi futbolchi bo'lgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: SEMrush