2005 yilda Bekxem Keyn birga suratga tushadi. Ularning yonida Garrining bo'lajak turmush o'rtog'i ham bo'lgan

Alisher
17 may 2022, 14:15
2005 yil. Angliya futboli afsonasi Devid Bekxem bir guruh bolalarni Londondagi akademiyasiga taklif qiladi, ular orasida 11 yoshli Garri Keyn ham bor edi.

Angliya terma jamoasi sardori Bekxem terma jamoaning bo'lajak sardori uning chap tomonida ekanligini payqamagan. O'ng tomonda esa Keynning bo'lajak rafiqasi Keyt Gudlend turardi.

Garri va Keyt Bekxem tugatgan Chingford Foundation maktabida birga o'qishgan.

2005 yilda Bekxem nafaqat Londonda, balki Kaliforniyada ham futbol akademiyasini ochdi. Ikkala loyiha ham muvaffaqiyasizlikka uchradi. Natijada ushbu futbol maktablari 2010 yilda yopildi. Nima sababdan yopilgani haqida xabar berilmagan. Keyinchalik Bekxemning veb-saytida Angliyadagi maktab binolarning ijara muddati tugaganligi sababli yopilganligi haqida xabar paydo bo'ladi. 

Devid uzoq vaqt davomida bolalar uchun o'qitish metodologiyasini ishlab chiqdi, lekin u hech qachon o'z rejalarini amalga oshirmadi. Moliyaviy muammolar ham borligi aytilgan. 

Garri Keyn va Keyt Gudlend Bekxem akademiyasiga tashrif buyurganlaridan etti yil o'tib tanishishni boshladilar va bundan oldin ham uzoq vaqt do'st bo'lib qolishgan. 2017 yil yanvar oyida er-xotinning Ayvi Jeyn ismli qizi bor edi va o'sha yilning yozida Keyn Bagama orollarida Keytga turmush qurishni taklif qiladi.


2018 yil avgust oyida Keyt ikkinchi qizi Viven Jeynni dunyoga keltirdi.


AlisherMuallif
Manba: sports.ru