20 kunning ichida JAR termasining yana bir futbolchisi yo'l-transport hodisasi sababli vafot etdi

Mirjalol Normatov
13 dek 2020
"Mamelodi Sandaunz" hamda JAR termasi himoyachisi Mocheka Madisha yo'l-transport hodisasi sababli vafot etdi.

Janubiy Afrika futbolchilar uyushmasi xabariga ko'ra, futbolchi Yoxannesburgda "Mamelodi Sandaunz"ning 50 yillik yubileyini nishonlab qaytayotgan paytida avariyaga uchragan.

Madisha JARning uch karra chempioni hisoblanardi. U 2018 yildan buyon terma jamoa tarkibida harakat qilardi. Uning hisobida 12 o'yinda 1 gol bor edi.

Qizig'i shundaki, 23 noyabr kuni Anele Ngcongca ham aynan avtohalokat sababli vafot etgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal