20 kun avval "Navbahor" bilan ikki yillik shartnoma tuzgan futbolchi legionerga aylandi

Khoja
27 dek 2024
9 dekabr kuni Navbahor bilan ikki yillik shartnoma tuzgan Abdug'ani Kamolov faoliyatini Qirg'iz Respublikasida davom ettiradi.

24 yoshli futbolchi Qirg'iz Respublikasining amaldagi chempioni "Abdish Ata" safiga borib qo'shildi. Kelishuv bir yilga mo'ljallangan.

Futbolchi faoliyati davomida “Sho'rtan” (G'uzor),“Bunyodkor” (Toshkent), “Metallurg” (Bekobod), “Buxoro” (Buxoro), “Andijon” (Andijon) va “Turon” (Yaypan) jamoalarida o'ynagan. Yakunlangan mavsumning 2-davrasini “Bunyodkor”da o'tkazgan.     


KhojaMuallif
Manba: championat.asia