17 yoshli futbolchi Ronalduning “Sporting”dagi rekordini yangiladi

Eldor Akmurzayev
2 iyul 2020, 20:25
Krishtianu Ronaldu endi lissabonliklar safida maydongatushgan yoshi eng kichik futbolchi emas.

Uning rekordini vinger Joelson Fernandesh yangiladi.

Ronaldu “Sporting”dagi debyut o'yinini 17 yoshu, 6 oy va 9 kunligidagi o'tkazgan. Fernandesh esa “Jil Visente” qarshi o'yinda 17 yoshu, 4 oy va 3 kunligida qatnashdi.

Krishtianu sobiq klubida 2002-2003 yillar davomida o'ynadi va 31 bahsda maydonga tushib, 5+5 natija qayd etgan edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24