16 yoshli Mukokoning sobiq sevgilisi "Borussiya" o'yinchisi ustidan policiyaga arz qildi

Alisher
13 apr 2021, 07:28
"Borussiya" (Dortmund) vunderkindi Yussuf Mukoko muammo markazida.

16 yoshli forvard sobiq sevgilisi bilan janjaldan so'ng uni uyga qamab qo'ygan va mashg'ulotlarga yo'l olgan.

Qiz policiyaga xabar qilgan, ular voqea joyiga yetib kelgan va eshikni buzishgan. O'yinchiga hali ayblov e'lon qilinmadi, ammo tergov ishlari qizg'in tarzda olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Mukoko "Borussiya" libosida Bundesliga va CHLda maydonga tushgan eng yosh o'yinchidir. Qo'shimcha qilish kerakki, Yussuf ayni damda jarohat olgan va joriy mavsumdagi qolgan barcha o'yinlarni o'tkazib yuboradi.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport