13 yoshli "maktab bolasi" katta futbolda maydonga tushdi

Sherzod Nurmatov
14 sen 2022, 13:36
Shimoliy irlandiyalik maktab o'quvchisi Kristofer Aterton 13 yosh-u 329 kunligida Buyuk Britaniyadagi eng yosh futbolchiga aylandi.

O'smir futbolchi seshanba kuni Liga Kubogi doirasida "Glenavon" jamoasi tarkibida "Dollingstaun" ustidan yirik 6:0 hisobida g'alaba qozonilgan uchrashuvning ikkinchi taymida zaxiradan maydonga tushirildi.

U maydonda ilk ishtirokini amalga oshirish orqali 14 yosh-u 323 kunligida Imon Kollinzning 42 yillik rekordini yangiladi.

Aterton rekordga qo'shimcha ravishda jamoasining oltinchi goliga asistentlik qildi. 

Ma'lumot uchun, Kollinz 1980 yil 9 sentyabrda "Blekpul" libosida debyut qilgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC Sport