10 kun ichida qatarliklar "Manchester Yunayted"ga yangi taklif yuboradi

Omonjon To`xtamirzayev
17 mar 2023
10 kun ichida Qatarlik investorlar "Manchester Yunayted"ni sotib olish bo'yicha ikkinchi taklifni jo'natishi kutilmoqda.

Payshanba kuni shayx Jassim bin Xamad Al Tani vakillari klub hududiga tashrif buyurib, infratuzilma, stadion va mashg'ulot bazasini ko'zdan kechirgan.

Qatarliklar delegaciyasi Manchesterga Londondan poezdda kelgan va ularni yuqori darajadagi mehmondo'stlik bilan kutib olishgani takidlanmoqda. Muzokaralar do'stona va ijobiy ruhda o'tgan.

Ma'lum bo'lishicha, 10 kunlik muddat barcha ehtimoliy xaridorlar uchun amal qiladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: skysports.com