Xorvatiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Zlatko Kranchar 64 yoshida Zagrebda vafot etdi. Bu haqda Xorvatiya futbol ittifoqi ma'lumot berdi.
Ma'lumot uchun, Kranchar futbolchi sifatida "Dinamo" (Zagreb), "Rapid" (Vena) va "Sankt-Pelten" klublari, Yugoslaviya va Xorvatiya terma jamoalari sharafini himoya qilgan. U 2004-2006 yillarda mamlakat bosh jamoasini boshqargan edi.