Zlatan Ibragimovich MLSda qolishiga shama qildi

18 dek 2018, 00:00
​ "Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich o'zining tvittyerdagi sahifasida o'ziga xos xabar qoldirdi.

37 yoshli shvetsiyalik afsona quyidagicha tvit qoldirgan:

"MLS, hali sen bilan qiladigan ishlarimni tugatganim yo'q", - deb yozadi Ibragimovich.

Avvalroq, Zlatan "Milan"ga qaytishi mumkin degan xabar tarqalgandi.

Eslatib o'tamiz, Zlatan Ibragimovich joriy mavsumda "Los-Anjeles Gelaksi" safida 27 uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 6 ta golli pas berishga erishdi.


Manba: twitter.com/Ibra_official