"Zenit" avtogol evaziga "Spartak"dan ustun keldi

2 dek 2019, 00:28
RPL 18-turining markaziy uchrashuvi "Zenit"ning g'alabasi bilan yakunlandi.

Rossiya premer-ligasi 18-turida muxlislar qizg'in va murosasiz bahsga guvoh bo'lishdi. Turning markaziy uchrashuvida bir kishi kam bo'lib qolgan "Zenit" Moskvaning "Spartak" klubini mag'lub etdi. Moskvaliklar futbolchisi Ilya Kutepov antiqag'ramonga aylandi. Futbolchi o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ydi va bu gol uchrashuvda yagonaligini saqlab qoldi.

Zenit – Spartak 1:0 

1 dekabr, 19.00, Gazprom Arena

Gol:

1:0 – 21, avtogol Kutepov.

Zenit – Kerjakov, Karavaev, Ivanovich, Rakickiy, Duglas Santos, Shatov (Eroxin, 56), Ozdoev, Barrios, Driussi (Musaev, 90), Azmun (Sutormin, 63), Dzyuba.

Spartak – Maksimenko, Kutepov (Melgarexo, 46), Jigo, Djikiya, Zobnin, Kral (Ananidze, 73), Umyarov, Ayrton (Shyurrle, 54), Bakaev, Larsson, Ponse.

Ogohlantirishlar:

Ozdoev (15), Shatov (28), Bakaev (29), Kutepov (34), Umyarov (44), Kral (67), Jigo (75), Shyurrle (88).

Chetlatish:

Ozdoev (49).


Manba: championat.asia