Yuventus Patris Evra bilan kelishib oldi

Narzulla Saydullayev
4 iyul 2014
Yuventus Manchester Yunayted himoyachisi Patris Evrani sotib olmoqchi, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport nashri.
Kesa Sinora futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Endi faqat qizil iblislar bilan transfer narxi borasida kelishib olishsa bo'ldi.

Mankunianliklar may oyi oxirida Evra bilan shartnomani uzaytirishgandi. Biroq Lyuk Shouning MYUga o'tishi Evraning asosiy tarkibdagi joyiga rahna solishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net