"Yuventus" novregiyalik iqtidor bilan shartnoma imzolaydi

Sherzod Nurmatov
10 apr 2021, 23:43
Turinning "Yuventus" klubi "Ull/Kisa" jamoasi bilan o'ng qanot vingeri Elias Solberg transferi bo'yicha kelishib oldi.

Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, 17 yoshli futbolchi "keksa sinora" bilan 2024 yilgacha shartnoma imzolaydi.

Umidli norvegiyalikning bozordagi qiymati 150 ming evroga baholanmoqda.

Solberg ushbu mavsumda o'zining katta futboldagi debyutini o'tkazdi. U 16 uchrashuvda 3 ta gol urdi va 2 golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato