

Turinliklar 30 yoshli futbolchini 2022 yilning yoziga qadar "Gremio"ga bepul ijaraga berib yubordilar.
"Gremio" - Kostaning qadrdor klubi hisoblanadi. U 11 yoshida jamoa tarkibiga borib qo'shilgan va o'sha yerda professional debyutini nishonlagan.
Ma'lumot uchun, Kosta mavsumni "Bavariya"da ijara asosida o'tkazdi.


