"Yuventus" Berardiga qiziqishni tikladi

Alisher
26 mar 2022, 16:53
"Yuventus" "Sassuolo" yarim himoyachisi Domeniko Berardiga qiziqishni tikladi.

Turinliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegri hujumchi Dushan Vlaxovichning imkoniyatlaridan maksimal foydalanish uchun kelasi mavsumda 4-3-3 tizimiga o'tish haqida jiddiy o'ylamoqda.

27 yoshli Berardi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 11ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Fichajes