Yurgen Klopp: "Salah chorshanba kuni maydonga qaytadi"

24 noya 2019, 12:00
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning "Kristal Pelas"ga qarshi safar o'yinidan keyin nima uchun Muhammad Salah zaxirada qoldirilgani haqida aytib o'tdi.

O'yinchi to'pig'idagi jarohat sabab ikki haftani o'tkazib yubordi. 


"U 9 kun davomida mashg'ulot o'tkazmadi. U Misr termasi ixtiyorida bo'ldi va keyin uyga qaytdi. O'yindan ikki kun oldin 60-70 foiz mashg'ulotda qatnashdi. Faqat kecha u bor kuchi bilan mashg'ulotlarda shug'ullandi, shuning uchun biz uni asosiy tarkibga qo'yamiz yoki yo'q, bu masala borasida qaror qabul qilishimiz kerak edi. 

Dastlabki daqiqalarda u maydonga chiqmadi. Biz uni zaxirada qoldirishga qaror qildik, lekin gol urdik. Shu tariqa u bugun dam oldi va bu yaxshi. Chorshanba kuni Salah maydonga qaytadi", – dedi Klopp. 


Qayd etish kerak, 27 noyabr kuni (chorshanba) Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turida "Liverpul" "Napoli"ni qabul qiladi.  


Manba: liverpoolfc.com