"Yunayted"ning 60 mlnlik futbolchisi qaysi raqamda o'ynashi aniq bo'ldi

Mirjalol Normatov
1 sen 2024, 15:24
Kecha "Manchester Yunayted" PSJdan Manuel Ugartening transferini e'lon qilgandi.

Bugun ushbu futbolchining jamoada qaysi raqamda o'ynashi aniq bo'ldi.

Unga ko'ra, urugvaylik futbolchi MYUda 25-raqamda o'ynaydi.

Eslatib o'tamiz, futbolchining transfer summasi 50+10 mln evro ko'rinishida bo'ladi va shartnoma 2029 yilgacha mo'ljallandi.

O'tgan mavsumda Ugarte parijliklar tarkibida 25 o'yinda 2ta assist qayd etgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia