Yo'l transport hodisasi sababli sobiq futbolchi vafot etdi

Mirjalol Normatov
24 may 2020, 11:29
"Oser"ning sobiq futbolchisi Fabris Lepol jiddiy yo'l transport hodisasi sababli vafot etdi.

Voqea payshanba tunida sodir bo'lgan.

1996 yili Lepol "Oser" tarkibida Fransiya chempioni bo'lgan. U 1997 yilgi yo'l transport hodisasi sababli futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur bo'lgandi. "Oser" tarkibida u 35 o'yinda qatnashib, 7 bora raqiblari darvozasiga yo'l topa olgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal