Yaxshi xabar. “Ayaks” sobiq o'yinchisi 2 yilu 8 oydan so'ng komadan chiqdi

27 mar 2020, 08:31
Abdulhaq Nuri hayotga qaytdi.

“Ayaks”ning 22 yoshli sobiq futbolchisi Abdulhaq Nuri 2 yilu 8 oydan so'ng koma holatidan chiqdi, deb xabar beradi TalkSPORT. Nuri endilikda aravachaga o'tira olishi va taomlarni mustaqil ravishda tanovul qilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Nuri 2017 yil 8 iyunida mavsumoldi yig'inlari doirasida “Verder”ga qarshi bahsda hushidan ketgandi. Shundan so'ng futbolchida miyaning og'ir shikastlanishi bo'lgani aniqlandi. U bu davrda maxsus apparat orqali nafas oldirib kelindi.



Manba: TalkSPORT