Xvicha "Kvaradona" laqabi haqida: "Bunday solishtirishdan mamnunman"

Administrator
21 fev 2023
"Napoli" klubidagi ajoyib o'yinlaridan so'ng jamoa muxlislari uni shunday atashyotgandi.

"Napoli" klubi futbolchisi Xvicha Kvaratsxeliya muxlislar uni Diego Maradonaga o'xshatib, "Kvaradona" deb nomlashayotgani haqidagi savolga javob qaytardi.

"Boshida bu narsa juda ajoyib bo'ldi. Sababi mening ismim futbol afsonasining nomi bilan birga tilga olinayotgandi. Bunaqasi umuman hayolimga kelmagandi, ammo bu juda yoqimli bo'ldi. 

Bunga qanday javob qaytarishni ham bilmay qoldim. Rahmat aytish lozimmi yoki yana boshqa ish. Vaqt o'tishi bilan bu laqabga moslashib ham qoldim. Maradona kabi futbolchilar bilan tenglashtirilayotganimdan xursandman. Bu ajoyib", -deydi Xvicha Kvaratsxeliya.


AdministratorMuallif
Manba: UEFA.com