Xopfner: "Men Uli Xenessning o'rinbosari emas, klub prezidentiman"

17 may 2014, 00:49
"Bavariya" kulbining yangi prezidenti Karl Xopfner o'zini klub rahbari ekanligini eslatib o'tdi.

Men o'zimni Uli Xenessning o'rinbosari sifatida emas, klubning to'laqonli prezidenti sifatida ko'ryapman. Meni bu lavozimga klub vakillari saylashdi va 2016 yilgacha klubga javob beraman.
Kelajakda nima bo'lishini bilmayman. Har qanday vaziyatda ham, Uli Xenessga qarshi bormayman. Men uni juda chuqur hurmat qilaman. U "Bavariya" uchun juda ko'p ishlarni amalga oshirgan.


Manba: fc-bayern.ru