"Shalke" himoyachisi Benedikt Xevedes faoliyatini "Arsenal" va "Milan"da davom ettirmasligini ma'lum qildi.
- "Arsenal" va "Milan" menga jiddiy tarzda qiziqishgandi. Ammo hozircha "Shalke"da qolishga qaror qildik. Bu yerdagi faoliyatim tugagani yo'q. Jamoaning asosiy futbolchisi ekanimni his qilayapman.