Xenderson: "Liverpul" APL va Chempionlar ligasida g'olib bo'la oladi"

Aslanov Jasurbek
19 fev 2019, 16:11
"Liverpul" sardori Jordan Xendersonning so'zlariga ko'ra, uning jamoasi joriy mavsum Premer-liga va Chempionlar ligasida g'olib bo'lishga qodir.

"Hozir "Bavariya"ga qarshi bahs biz uchun eng muhim o'yin. Shunday bo'lishi ham kerak, chunki biror turnirni boshqasidan ustun qo'yib bo'lmaydi. Jamoamiz kuchli va ikkala turnirda ham g'alaba uchun kurasha oladi. Mavsum oxirida ikkala turnir g'olibi bo'lamiz deb umid qilaman" - deydi Xenderson.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail