Xaverc "Bavariya"ga o'tishni xohlamaydi

Alisher
4 iyun 2020, 12:12
"Bayer" yarim himoyachisi Kay Xaverc mavsum yakunlangandan so'ng klubini o'zgartirmoqchi.

20 yoshli Germaniya terma jamoasi futbolchisi "Real", "Liverpul", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" jamoalaridan birini tanlaydi.

Bundan tashqari Xaverc martda unga 5 yillik shartnoma va 8 million evrolik maosh taklif qilgan "Bavariya"ga o'tishni xohlamayapti.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 40ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 7ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/iMiaSanMia