"Vest Bromvich" Rondonni "Nyukasl"ga bermoqchi emas

Aslanov Jasurbek
1 avg 2018, 21:15
"Vest Bromvich" hujumchisi Solomon Rondon "Nyukasl" futbolchisiga aylanmaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, klublar Rondon transferi borasida kelisha olmayapti.

"Vest Bromvich" jamoa asosini saqlab qolib, shu mavsumning o'zida chempionshipdan Premer-ligaga qaytmoqchi.

Klub Rondonni xarid qilish huquqi bilan ijaraga bermoqchi emas.

Venesuelalikning shartnomasidagi tovon puli 16 mln. funt.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports