Venger "Oltin to'p" uchun 3 nafar asosiy davogar nomini aytdi

Sherzod Nurmatov
3 mar 2025
Londonning "Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger 2025 yilda "Oltin to'p"ga kimlar davogarlarlik qilayotganiga oydinlik kiritdi.

“Salohdan tashqari boshqa davogarlar ham bor. "Oltin to'p" uchun "Real"dan Vinisius va Kilian Mbappe raqobatlasha oladi deb o'ylayman", – dedi fransiyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili "France Football" nufuzli individual sovrini Ispaniya terma jamoasi va "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri Ernandesga nasib qilgandi. Vinisius uzoq vaqt "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish uchun favorit deb etirof etilgan bo'lsa-da, yakuniy ovoz berishda ikkinchi o'rinni egallagan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: beIN SPORTS