Vaygl masum oxiriga qadar "Borussiya"da qoladi

19 dek 2019, 02:57
Germaniyalik futbolchi Dortmund klubiga kerak.

Sky Sports nashri xabariga ko'ra, Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Yulian Vaygl qishda boshqa klub safiga o'tmaydi. Berlinning "Gerta" klubi 24 yoshli futbolchiga davogarlik qilmoqda. Ammo dortmundliklar futbolchini mavsum oxiriga qadar jamoada olib qoladigan bo'lishdi. Ma'lumotlarga qaraganda, Lissabonning "Benfika" klubi ham Vaygl atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda.

Darvoqe, Vayglning hisobida Germaniya Bundesligasining joriy mavsumida 12 uchrashuvda urilgan bitta gol bor.


Manba: Sky Sports