Van der Vil Inter futbolchisiga aylanishi mumkin

Narzulla Saydullayev
27 dek 2015, 21:33
PSJ futbolchisi Gregori van der Vil faoliyatini Interda davom ettirishi mumkin.

Milanliklar PSJ asosiy tarkibidagi o'rnini yo'qotib qo'ygan 27 yoshli gollandiyalik futbolchi borasida muzokaralarni boshlab yubordilar.

Parijliklar futbolchini 4 million evroga sotishga tayyorlar. Uning klub bilan shartnomasi 2016 yilning yozida o'z yakuniga etadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Football Italia