Van Damm leykemiya kasalligidan vafot etdi

Sherzod Nurmatov
29 mar 2022
Belgiyalik darvozabon Migel Van Damm 28 yoshida hayotdan ko'z yumdi.

Van Damm "Serkl Bryugge" tarbiyalanuvchisi bo'lib, butun faoliyatini shu klubda o'tkazgan. Darvozabon 2016 yildan beri leykemiya bilan kurashib kelardi.

"His-tuyg'ularimizni tariflash uchun hech qanday so'z ayta olmaymiz. Migel uchun ishlar yaxshi ketmayotganini bir muncha vaqt oldin bilardik. Bugun "Serkl Bryugge"ning 123 yillik tarixidagi juda og'ir kun", – deyiladi klub xabarida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: cerclebrugge.be