

Musobaqada ishtirok etayotgan 24 jamoa to'rttadan 6 guruhga bo'lingan. Har bir guruhdan 2ta jamoa avtomatik ravishda keyingi bosqichga yo'l oladi. Shuningdek, uchinchi o'rin egalari orasida eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan 4ta jamoa ham chorak finalda o'ynaydi.
"A" guruhi - Braziliya, Kanada, Yangi Zelandiya, Angola.
"B" guruhi - Nigeriya, Vengriya, Ekvador, Avstraliya.
"C" guruhi - Janubiy Koreya, Gaiti, Fransiya, Chili.
"D" guruhi - AQSH, Senegal, Yaponiya, Gollandiya.
"E" guruhi - Ispaniya, Argentina, Tojikiston, Kamerun.
"F" guruhi - Solomon orollari, Italiya, Paragvay, Meksika.
Kecha "A" va "B" guruhlarida 1-tur uchrashuvlari o'tkazildi:
Braziliya - Kanada 4:1, Yangi Zelandiya - Angola 1:2
Nigeriya - Vengriya 4:2, Ekvador - Avstraliya 2:1
Bugun tunda va ertaga saharda quyidagi bahslar o'tkaziladi:
01:00. Fransiya - Chili, AQSH - Senegal
04:00. Janubiy Koreya - Gaiti, Yaponiya - Gollandiya
Quyida mazkur musobaqaga doir fotosuratlarni ko'rishingiz mumkin.

Argentina o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Pablo Aymar

Argentina futbolchilaridan selfi

Ekvador U-17 terma jamoasi

Angola birinchi o'yinda g'alabaga erishdi

Ekvador Avstraliyadan ustun keldi

Musobaqaning ochilish o'yini mana shu stadionda o'tkazildi



