Twitter: Ferlan Mendi PSJdan 2, "Real"dan faqat 1 kishini o'qiydi

2 noya 2020, 01:15
Bugungi kunda jahon futboli yulduzlari nafaqat maydonda, balki bir qator ijtimoiy tarmoqlarda ham faollik ko'rsatishyapti. Endi Championat.asia o'z faoydalanuvchilariga shu xususdagi qiziqarli va e'tiborga molik ma'lumotlarni etkazib turadi.

Ferlan Mendi. 25 yoshli futbolchi Twitter'da 2015 yilning aprel oyida ro'yxatdan o'tgan. Ayni paytda uni ushbu tarmoq orqali 174 mingdan ortiq kishi kuzatib boradi. Ferlanning o'zi esa faqat 43 ta sahifani o'qiydi. Xo'sh, francuz kuzatadigan sahifalar orasida uning hamkasblari ham bormi? Albatta, Mendi bir qator futbolchilarni bevosita o'qib boradi:

Karlos Kazemiro ("Real"), Mussa Sissoko ("Tottenxem"), Usmon Dembele ("Barselona"), Presnel Kimpembe (PSJ), Kilian Mbappe (PSJ), Mussa Dembele ("Lion"), Amin Guiri ("Nicca"), Nabil Fekir ("Betis"), Muxtor Diakabi ("Valensiya"), Mizyan Maolida ("Nicca"), Ussem Auar ("Lion"), Rafik Gitan ("Renn") va boshqalar.

Guvohi bo'lganingizdek, fransiyalik himoyachi "Real" futbolchilari orasidan faqat Kazemironi kuzatadi. Mendining sahifasiga esa "qaymoqrangilar"dan Rodrigo Goes, Vinisius Junior, Kazemiro, Marko Asensio va Ravael Varan obuna bo'lgan.

Twitter: Zlatan Ibragimovich hech kimni o'qimaydi 


Manba: championat.asia