Tuxel: “Kantega murabbiylik qilish – bu omad”

Eldor Akmurzayev
6 apr 2022, 09:55
“Chelsi” ustozi Tomas Tuxel N'Golo Kantening “aristokratlar” safida yubiley 250-uchrashuvini o'tkazgani haqida fikr bildirdi.

“Bu uning o'yinini ko'rib, 250-marotaba rohatlanishim bo'ldi. Kantega murabbiylik qilish – bu baxt va omad, u aql bovar qilmas futbolchi. Uni yaxshi ko'rmaydigan odamni bilmayman. Do'stlar va oiladagilar, boshqa jamoalarni qo'llab-quvvatlaydiganlar, umuman barcha Kanteni yaxshi ko'radi. Buning ham o'z sabablari bor”, deydi nemis mutaxassisi.

Ma'lumot o'rnida, 31 yoshli Kante 2016 yil “Lester”dan “Chelsi” safiga o'tgan.





Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: chelseafc.com