Tozalik inspektorlari MYU stadioni bahosini 4dan 2ga tushirdi. Nega?

Aslanov Jasurbek
23 dek 2024, 22:23
"Old Trafford"da kemiruvchilar bilan muammo aniqlandi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Yunayted" stadioni kalamushlar bilan to'lib ketgan. Tozalik bo'yicha inspektorlar muxlislarga ovqat sotadigan kiosklarda, birinchi qavatdagi korporativ apartamentlarda kemiruvchilar axlati topilgan.

Shu sababli 5 balli tizimda klubning ovqatlanish gigienasi 4dan 2 ballga tushirilgan, MYU qoidabuzarliklarni ijobiy hal qilishi kerak.

MYU uzoq yillardan beri zararkunandalarga qarshi kurashuvchi xizmatlar bilan ishlaydi. Bu mavzu haqidagi maqola 2015 yil ingliz nashrlarida chop etilgan, o'shanda xatto ofislarda ham kalamushlar aniqlangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail