"Tottenxem" va "Everton" Beyliga davogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
7 avg 2020, 00:48
Leverkuzenning "Bayer" klubi yarim himoyachisi Leon Beyli faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Manbaga ko'ra, har ikki klub vakillari 22 yoshli yarim himoyachining Yevropa Ligasi 1/8 finalidagi "Reynjers"ga qarshi o'yinini kuzatib borishgan.

Takidlanishicha, agar munosib taklif tushsa, "Bayer" futbolchini qo'yib yuborishga tayyor.

Beyli Germaniya chempionatining so'nggi mavsumida 22 o'yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport1.de

O'xshash yangiliklar