

O'yinning 23-daqiqasida Markus Tyuram hisobni ochdi. Yann Bissek 61-daqiqada milanliklarning ustunligini ikkitaga oshirdi. Ammo, neapolliklar shundan so'ng ikkita to'p kiritib, o'yinning durang bilan yakunlanishini taminlashdi. Dastlab 70-daqiqada Jovanni Simeone gol urgan bo'lsa, orada 9 daqiqa o'tib Nikola Vlashich penaltidan foydalandi.
“Inter” A Seriyada 34 o'yindan so'ng 79 ochko bilan jadvalda yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda borayotgan “Napoli” 69 ochkoga ega.





