Tomiyasu: "Arsenal"ga o'tganimdan xursandman"

Sherzod Nurmatov
5 sen 2021
"Arsenal" yangi a'zosi Takexiro Tomiyasu o'z fikrlarini bildirdi.

"Jamoa ("Bolonya") o'zgarganini his qildim va menga yangi chaqiruv kerak edi.

Premer-ligada ekanligimdan shodman, bu doimo mening maqsadim bo'lgan. Butun dunyoga mashhur bo'lgan "Arsenal" klubiga qo'shilganimdan xursandman.

Umid qilamanki, bu transfer ijobiy o'zgarishlarga olib keladi. Yangi start haqida yaxshi his-tuyg'ularga egaman", – dedi yaponiyalik himoyachi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arsenal.com