Tomas Tuxel: "Bavariya"da inqiroz deb bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
22 apr 2023, 01:25
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel klub inqirozda emas deb hisoblaydi.

Yulian Nagelsmanning iste'fosidan keyin Myunxen klubida ish boshlaganidan keyin Tuxel qo'l ostida "Bavariya" YCHLdan chiqib ketdi.

"To'g'ri tushunyapman, ketma-ket uch yil davomida Germaniya Kubogida yarim finalga chiqa olmaslik - muxlislar uchun juda kam natija.

Biroq jamoa ketma-ket uch yil davomida YCHL 1/4 finaliga yetib bormoqda. Bu inqiroz emas. Bizni shubxa ostiga olmang. Ko'plab katta klublar ham bu bosqichga yetib kela olmayapti.

Ambiciyalarimiz umuman o'zgarmaydi va doimo yanada yuqoriroqni istaymiz. Bundesligada peshqadamlikni qaytarib oldik. Shu boisdan klub inqirozda deb ayta olmagan bo'lardim", - dedi Tuxel.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild