Takliflarga qaramay, Dibala "Roma"dan ketmoqchi emas

Omonjon To`xtamirzayev
10 iyul 2023, 14:58
Hujumchi Paulo Dibala "Roma"da qolmoqchiligini ma'lum qildi.

"Albatta, menga "Roma" safida to'p tepish yoqadi. Men bu yerda qolamanmi? Ha, yaqin kunlarda mashg'ulotlarni boshlaymiz".

Avvalroq, argentinalik Saudiya Arabistonidan bo'lgan taklifni rad etgani xabar qilingandi. 

Dibala o'tgan yozdan beri "Roma"da to'p tepadi. 2022/23 yilgi mavsumda u rimliklar safida 38 ta o'yin o'tkazib, 18 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning narxini 30 mln evroga baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Corriere dello Sport